Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Yolg‘iz sayohatchilar uchun eng xavfsiz shahar nomi ma’lum qilindi

Yolg‘iz sayohatchilar uchun eng xavfsiz shahar nomi ma’lum qilindi

Madinai munavvara shahri yolg‘iz sayohatchilar uchun dunyodagi eng xavfsiz shahar deb tan olingan. Bu haqda sayohat sug‘urtasi sayti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalarida ma’lum qilinmoqda. Dunyoning 65 ta shahrida “Yolg‘iz ayol sayohatchilar uchun dunyodagi eng xavfsiz shaharlar” so‘rovi o‘tkazildi.

Aholisi 2 milliondan ortiq bo‘lgan muqaddas Madinai munavvara shahri ro‘yxatga olingan shaharlarga ayollar tashrifi bo‘yicha eng yuqori ball bilan birinchi o‘rinni egalladi.

Yolg‘iz ayollar uchun dunyodagi eng xavfsiz shaharlar beshligiga Madinadan tashqari Tailandning Chiang May, Dubay, Yaponiyaning Kioto va Xitoyning Makao shaharlari kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, Madina 2021 yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan dunyoning eng sog‘lom shaharlari ro‘yxatiga kiritilgan edi. Tashrif buyurgan JSST guruhi sog‘lom shahar bo‘lish uchun zarur bo‘lgan barcha global standartlarga javob berishini aytganidan so‘ng, muqaddas shahar o‘z akkreditasiyasini olgan edi.

Kiritildi: 23:09 12.03.2022. O'qildi: 3940 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!