Bugun 16 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Yil yakunigacha kamida 200 ta tadbirkorni xalqaro moliya bozoridan 2 milliard dollar jalb qilishga tayyorlash topshirig‘i berildi

Yil yakunigacha kamida 200 ta tadbirkorni xalqaro moliya bozoridan 2 milliard dollar jalb qilishga tayyorlash topshirig‘i berildi

Ilg‘or korxonalar mustaqil ravishda tashqi bozorlarga chiqib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri mablag‘ olib kelishni boshlagan.

Savdo-sanoat palatasida Tadbirkorlarga tashqi moliya bozorlariga chiqishga ko‘maklashish markazi tashkil qilindi.

Yil yakunigacha kamida 200 ta tadbirkorni xalqaro moliya bozoridan 2 milliard dollar jalb qilishga tayyorlash muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, bu yil OKMK 1 milliard, NKMK 500 million, “Navoiyuran” va “O‘zmetkombinat” har biri 300 million dollarlik yevrobond joylashtirishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. “Uzbekistan Airways” va “Uzbekistan Airports”, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi ham xalqaro reyting olib, tashqi bozordan jami 700 million dollar olib kelishi muhimligi ta’kidlandi.

2025 yil uchun 2 milliard dollar grant olish bo‘yicha har bir vazirlik, tarmoq va hududlarning rejalarini shakllantirish topshirildi.

Kiritildi: Bugun 16:22. O'qildi: 376 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!