Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Donesk viloyatidagi Toretskni nazorat ostiga olganini Rossiya Jamoatchilik palatasining suverenitet masalalari bo‘yicha komissiyasi raisi Vladimir Rogov ma’lum qildi.
"Frontdan yaxshi xabarlar keldi. Dzerjinskiy (Toresk) shahrining butun hududi allaqachon Rossiya armiyasi nazorati ostida, uning atrofidagi kon hududlari tozalanmoqda", - deya Rogov RIA Novostiga xabar berdi.
Toresk (ruscha nomi Dzerjinskiy) Ukrainaning Donesk viloyatining shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan.