Bugun 16 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramp Ukrainadagi urushni qanday yakunlamoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi

Tramp Ukrainadagi urushni qanday yakunlamoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi

Ukraina yaqin kelajakda NATOga a’zo bo‘lmasligi va mojaradagi tomonlarning hozirgi mavqelari muzlatilishi mumkin. Reuters manbalarga tayanib xabar berishicha, AQSh saylangan prezidenti Donald Trampning maslahatchilari Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tinchlik kelishuvining shunday ehtimoliy variantiga moyil.

Shuningdek, ular Ukrainaga aniq xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishni qo‘llab-quvvatlaydilar. Ehtimoliy variantlar orasida Yevropa harbiy kuchlari nazorat qiladigan demilitarizasiya zonasini tashkil etish ham bor. Reutersning aniqlashtirshicha, bunday variant Trampning yuqori lavozimli maslahatchilarining ko‘pchiligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Tramp maslahatchilari mojaroni hal qilish uchun "oylar yoki undan ham ko‘proq" vaqt kerak bo‘lishini ta’kidlashmoqda. Reuters manbalari saylangan prezidentning birinchi kunning o‘zidayoq qarama-qarshilikni hal qilish haqidagi va’dalarini "saylovoldi gaplari, mojaroning murakkabligini tushunmaslik va yangi ma’muriyatni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan vaqtning uyg‘unlashuvi" deb baholashdi.

Kiritildi: 23:24 15.01.2025. O'qildi: 861 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!