"Riddle Russia" nashri tahrir hay’ati direktori Anton Barbashin seshanba kuni X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida shunday yozdi: "Ushbu xabarga ko‘ra, Eron Rossiya bilan strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga Qrimni Rossiyaning bir qismi sifatida tan oladigan bandni kiritishdan bosh tortibdi. Bu masala umuman ko‘tarilgan yoki yo‘qligini bilmayman, lekin bu bizga hatto sanksiyalarga uchragan Eron ham o‘yinga kirishmasligi kerakligini eslatib turishi lozim."
Ukraina tarafdori bo‘lgan X foydalanuvchisi Xenta shunday yozdi: "Kutilmagan tomondan kelgan zarba: Eron 17 yanvar kuni Moskvada imzolanishi rejalashtirilgan keyingi 20 yilga mo‘ljallangan keng qamrovli hamkorlik shartnomasida bosib olingan Qrim va boshqa ’nizoli hududlar’ni Rossiyaga tegishli deb tan olishdan bosh tortdi."
Keyin nima bo‘ladi
Rossiya va Eron ushbu kelishuvni AQSh prezidentligiga saylangan Donald Tramp inaugurasiyasidan uch kun oldin imzolashi kutilmoqda.
Qrim bo‘yicha keyingi tortishuvlar mamlakatlar va boshqa global kuchlar o‘rtasida hudud ustidan kim nazoratni saqlab qolishini tan olish nuqtai nazaridan yuzaga kelishi mumkin. Tehronning yarim orolni rusniki deb tan olmasligi ham Moskvani Eron hududlariga nisbatan xuddi shunday munosabatda bo‘lishga undashi mumkin.