Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Yil yakuniga qadar 20 ta qo‘shimcha zamonaviy samolyotlar olib kelinadi

Yil yakuniga qadar 20 ta qo‘shimcha zamonaviy samolyotlar olib kelinadi

So‘nggi yillarda 5 ta yangi xususiy aviakompaniya tashkil qilindi, aviapark 44 taga yetdi.

O‘tgan yili yangi Samarqand aeroporti “beshinchi osmon” rejimida ishlashiga o‘tgani hisobiga, haftalik aviaqatnovlar soni 46 tadan 78 taga, yo‘lovchi oqimi esa 6,5 mingdan 10 mingtaga ko‘paydi.

Lekin, ichki reyslar taqchilligi kuzatilmoqda, temir yo‘lda haftasiga 68 ta qo‘shimcha qatnovga, 350 ta yangi vagonga talab bor. Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Namangan va Surxondaryoda sayyohlarga avtobus yetishmaydi.

Shu munosabat bilan fuqarolik aviasiyasi rahbarlariga:

- yil yakuniga qadar 20 ta qo‘shimcha zamonaviy samolyotlarni olib kelib, milliy aviasiya parkini 64 taga yetkazish;

- aviaqatnovlar sonini haftasiga hozirgi 461 tadan 700 taga yetkazib, yillik yo‘lovchi tashishni 7,5 millionga olib chiqish;

- 1 maydan boshlab vodiy – Urganch, vodiy – Termiz, vodiy – Buxoro, vodiy – Samarqand, Termiz Nukus, Samarqand Urganch, Buxoro Urganch kabi yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam aviareyslarni yo‘lga qo‘yish topshirildi. Bunda, aviabilet xarajatlarining 25 foiziga subsidiya beriladi va bunga 60 milliard so‘m ajratiladi.

Umuman, jami mahalliy reyslar soni 2 baravar oshirilib, 100 taga yetkazilishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Kiritildi: 16:52 29.03.2023. O'qildi: 1564 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!