Joriy yilning 9 oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan umumiy YTH soni 3,8 foizga (6 127 tadan 5 895 taga) kamaygan, jarohatlanganlar 3,5 foizga (4759 tadan 4592 taga) kamaygan, halok bo‘lganlar 4,8 foizga (1368 tadan 1303 taga) qisqargan, piyodalar ishtirokidagi avariyalar 5,8 foizga (2855 tadan 2689 taga) pasaygan.
Bu haqda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burhonov ma’lum qildi.
Senatorning ta’kidlashicha, avariyalar dinamikasidagi pasayishga yo‘l harakati qoidalariga amal qilish madaniyatining oshishi, haydovchilarni tayyorlash tizimining yaxshilanishi hamda yo‘l harakatini boshqarishda raqamlashtirishning huquqiy asoslari rivojlanishi kabi omillar ta’sir ko‘rsatgan.