Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Kino san’ati va adabiyotimizda ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlar e’tiborga molik

A A A
Kino san’ati va adabiyotimizda ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlar e’tiborga molik

Davlatimiz rahbari raisligida o‘tayotgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining yig‘ilishida kino san’atimiz va adabiyotimizda ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarga ham to‘xtalib o‘tildi.

Buyuk sarkarda va davlat arboblarimiz, ulug‘ allomalar, madaniyat namoyandalarimiz haqida tarixiy filmlar yaratilmoqda.

Qariyb chorak asrdan keyin Toshkent xalqaro kinofestivali qayta tiklandi. 2021 yildan buyon har yili jahonning 50 dan ortiq mamlakatidan yuzlab kino ijodkorlar O‘zbekistonga tashrif buyurmoqda.

Zamonaviy adabiyotimizni rivojlantirish maqsadida poytaxtimizda Adiblar xiyoboni, Yozuvchilar uyushmasining muhtasham binosi barpo etildi, yangi ijod uylari qurildi. Samarali ijod qilayotgan adiblar imtiyozli asosda yangi uy-joylar bilan ta’minlandi.

Yosh iste’dod egalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Zomin seminari qayta tiklandi.

100 jildlik “Turkiy adabiyot durdonalari”, 30 jilddan iborat “Mustaqillik davri navoiyshunosligi”, “Qoraqalpoq adabiyoti durdonalari”, “Mard askarga sovg‘a” singari adabiy majmualar nashr etildi.

Kiritildi: 13:45 22.12.2023. O'qildi: 946 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!