Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

YATT tomonidan soliq hisobotini topshirish majburiyati bekor qilinadi

A A A
YATT tomonidan soliq hisobotini topshirish majburiyati bekor qilinadi

“Tadbirkorlik sub’ektlari uchun ma’muriy va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–6314-son, 15.09.2021 y.) qabul qilindi.

🔰 Farmonga ko‘ra, 2021 yil 1 oktyabrdan quyidagilar bekor qilinadi:

👉 qat’iy belgilangan miqdordagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan YATT tomonidan soliq organlariga soliq hisobotini topshirish majburiyati;

👉 alohida tayyor import iste’mol tovarlarining bojxona deklarasiyasi rasmiylashtirilgan sanadan keyin 12 oy o‘tgach sotuvga qo‘yilishi hamda chakana savdoda realizasiya qilinishiga qo‘yilgan taqiq.

✅ 2022 yil 1 yanvardan 2023 yil 1 yanvarga qadar respublika tumanlarida (Toshkent shahri bundan mustasno) faoliyat yurituvchi YATTga belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi 2 baravarga pasaytirilgan holda BHMning 50 foizi miqdorida belgilanadi.

❕2021 yil 1 oktyabrdan tegishli davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining nazorat funksiyalari bekor qilinadi.

🔰 2022 yil 1 yanvardan:

👉 nazorat qiluvchi organlar tadbirkorlar faoliyatini belgilangan tartibda tasdiqlangan savolnoma bo‘yicha tekshiradi;
👉 Savdo-sanoat palatasi a’zosi bo‘lgan tadbirkorlar faoliyatini tekshirishda ushbu tadbirkorlar roziligi bilan Savdo-sanoat palatasi xodimlari ishtirok etadi;
👉 Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining hisobi elektron tarzda yuritiladi;
👉 tadbirkorlar faoliyatida tekshiruvlar qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilishining oldini olish bo‘yicha profilaktika tadbirlari o‘tkazilgandan so‘ng amalga oshiriladi (soliq tekshiruvlari, jinoyat ishlari va tezkor-qidiruv faoliyati doirasidagi tekshiruvlar bundan mustasno).

🖥 2022 yil 1 aprelgacha tadbirkorlik sohasida davlat nazorati bilan bog‘liq katta hajmdagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va qayta ishlash imkonini beruvchi “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi ishga tushiriladi.

📊 2022 yildan tadbirkorlarga ma’muriy bosim darajasini aniqlash va yengillashtirish, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan Tadbirkorlik faoliyati erkinligi indeksi joriy etiladi.

Kiritildi: 17:29 16.09.2021. O'qildi: 2203 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!