Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Yashnobod va Qo‘shko‘pir tumanlarida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Yashnobod va Qo‘shko‘pir tumanlarida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Visol” ko‘chasidagi xonadonida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.X. fuqaro J.X.ga jami 5 150 AQSh dollarini 65 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, undan yonidan 90,5 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Qo‘shko‘pir tuman bo‘limi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan T.R. fuqaro E.Q.ga jami 3 500 AQSh dollarini 43,7 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:19 10.07.2024. O'qildi: 618 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!