Bugun 4 mart, 2025 yil, seshanba

КИР

“Yashil makon”: JIB Shayxontohur tuman sudida daraxt va ko‘chatlar ekildi

“Yashil makon”: JIB Shayxontohur tuman sudida daraxt va ko‘chatlar ekildi

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi yurtimizning turli hududlarida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadallik bilan davom etyapti. Shunday manzillardan yana biri Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot xizmati xabar qildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi hududidagi bo‘sh yerlar nazardan chetda qoldirilmadi. Tuman sudi raisi Tolibjon Obidov, sudyalar va sud xodimlari ushbu bo‘sh yerlarga ko‘z o‘ngimizda qishin-yozin yashil manzara kasb etadigan 21 tup archa daraxti, 2 tup palma, 25 tup yashil bargli izgirid va boshqa turdagi ekinlar ekishdi.

“Yashil makon”: JIB Shayxontohur tuman sudida daraxt va ko‘chatlar ekildi“Yashil makon”: JIB Shayxontohur tuman sudida daraxt va ko‘chatlar ekildi“Yashil makon”: JIB Shayxontohur tuman sudida daraxt va ko‘chatlar ekildi

Hududlarni obod manzillarga aylantirish yo‘lida olib borilayotgan bu kabi ishlar ekologik muvozanatni ta’minlashga xizmat qilyapti. Shu bois hozirgi vaqtda “Yashil Makon” dasturi ijrosi davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 19:06 01.12.2021. O'qildi: 2535 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!