Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Yarim yil begona uyda yashagan yigit

A A A
Yarim yil begona uyda yashagan yigit

Bilasizmi, yaqinda Osiyo saytlari Yaponiyaning Ximedzi shahrida bo‘lib o‘tgan g‘alati hodisa haqida bong ura boshladi. 20 yoshli yigit deyarli yarim yildan buyon o‘ziga notanish bo‘lgan bir ayol xonadonida bildirmay yashayotgan ekan.

Notanish mehmonni oxir-oqibat 90 yoshli ayolning o‘g‘li payqab qoldi. Bir kuni onasini ko‘rgani kelgan o‘g‘il g‘alati tovushni eshitib qoladi va ikkinchi qavatga chiqib, matrasda bamaylixotir xurrak otib yotgan notanish yigitni ko‘radi.

Ko‘rganlaridan hayratga tushgan erkak uning ustidan qulflab, pastga tushadi va onasidan yuqorida bir yigit yashayotganidan xabari bor-yo‘qligini so‘raydi. Ayol bundan xabari yo‘qligini aytadi. Shunda u polisiyani chaqirib, yigitni uyg‘otadi.

Kutilmagan mehmonni shu zahotiyoq hibsga olishdi. Tekshiruvlardan ma’lum bo‘ldiki, yigit bu yerda 12 dekabrdan buyon yashayotgan ekan.

Keksa ayol oxirgi vaqtlarda ikkinchi qavatga chiqmay qo‘yganini ta’kidlagan. Hech qanday shubhali ovozni ham eshitmagan. Eng qizig‘i, yigit yapon an’anasiga ko‘ra, oyoq kiyimini doim eshik oldida yechib qoldirgan. Pensioner ayol esa buni ham sezmagan.

hronika. info

Kiritildi: 08:14 19.05.2018. O'qildi: 1577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik