Bugun 24 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Yarim million britaniyalikning tibbiy ma’lumotlari internetda sotuvga qo‘yildi

Yarim million britaniyalikning tibbiy ma’lumotlari internetda sotuvga qo‘yildi

Britaniyadagi UK Biobank bazasiga kiritilgan 500 ming ko‘ngilliga oid tibbiy ma’lumotlar Xitoyning Alibaba platformasida sotuvga qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.

Buyuk Britaniyaning raqamli infratuzilma vaziri Ien Myurreyning aytishicha, ma’lumotlar bir nechta foydalanuvchilar tomonidan joylashtirilgan.

Ma’lumotlar tarkibiga ishtirokchilarning yoshi, jinsi, tug‘ilgan oyi va yili, ijtimoiy-iqtisodiy holati, turmush tarzi hamda biologik tahlil natijalari kiritilgan.

UK Biobank ma’lum qilishicha, barcha ma’lumotlar anonimlashtirilgan va shaxsni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlash imkonini bermaydi. Biroq vazir bu ma’lumotlar orqali shaxsni aniqlash ehtimoli to‘liq istisno etilmasligini ta’kidlagan.

Mutaxassislar ushbu holat ma’lumotlar xavfsizligi va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish masalalarini yana kun tartibiga olib chiqqanini qayd etmoqda.

Kiritildi: 21:43 23.04.2026. O'qildi: 233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!