Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Yaqin 30 kun ichida Venesuelada yangi saylovlar o‘tkazilmaydi — Donald Tramp

Yaqin 30 kun ichida Venesuelada yangi saylovlar o‘tkazilmaydi — Donald Tramp

AQSh prezidentining boshqa bayonotlari:

◾️ Biz Venesuela bilan urush olib bormayapmiz. Biz giyohvand moddalar sotayotgan odamlar bilan urush olib boryapmiz. Biz o‘z mahbuslarini, giyohvandlarini va psixiatriya klinikalaridagi bemorlarini mamlakatimizga yuborayotgan odamlar bilan urush olib boryapmiz;

◾️ Delsi Rodriges amerikalik rasmiylar bilan hamkorlik qilmoqda, biroq Nikolas Maduroni qo‘lga olishimizdan oldin u bilan hech qanday dastlabki muzokaralar bo‘lmagan. Rodrigesga nisbatan sanksiyalar yaqin vaqt ichida bekor qilinishi yoki o‘z kuchida qolishi mumkin;

◾️ AQSh Venesuelaning energetika infratuzilmasini tiklash bo‘yicha neft kompaniyalari sa’y-harakatlarini subsidiya qilishi mumkin. Loyiha 18 oydan kam vaqt olishi mumkin. Biz buni yanada tezroq qila olamiz. Buning uchun juda katta mablag‘ sarflashga to‘g‘ri keladi: neft kompaniyalari bu mablag‘ni sarflaydi, keyin esa biz ularning xarajatlarini qoplaymiz yoki olinadigan daromadlar hisobidan kompensasiya qilamiz;

◾️ Machadoning Nobel mukofotini olgani uning Venesuela rahbari bo‘lmasligi haqidagi qarorimga hech qanday ta’sir ko‘rsatmadi. Ammo u bu mikofotni olmasligi kerak edi.

Kiritildi: 18:18 06.01.2026. O'qildi: 605 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!