Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Yaponiyaliklar o‘zbek milliy taomlari haqida kitob tayyorlashmoqda

Yaponiyaliklar o‘zbek milliy taomlari haqida kitob tayyorlashmoqda

Yaponiyalik Morii Kana va mahoratli suratkash Xiroko Xirota o‘zbek milliy taomlari to‘g‘risida kitob chop etish maqsadida yurtimizga tashrif buyurishdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi axborot xizmati xabar qildi.

Mehmonlar Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonning har bir hududida tayyorlanadigan bir-biridan mazali taomlar bilan tanishtirildi. Tashrif davomida yaponiyalik mehmonlar yurtimizning Farg‘ona, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyatlarida bo‘lib, O‘zbekistonning gastronomik turizm salohiyati bilan tanishib chiqishdi. Mehmonlarga O‘zbekistonning gastronomik turizm salohiyati bilan birga tarixiy obidalari va mohir hunarmandlari tomonidan yaratilgan milliy mahsulotlar namoyish etildi. Morii Kana o‘zbek taomlari haqida shunday deydi: “O‘zbekistonda tayyorlanadigan taomlar va shirinliklar turfa xil va mazalidir. O‘zbek taomlarida xalqingizning mehmondo‘st ekanligi yaqqol aks etadi.

Shuningdek, o‘zbek taomlarida ishlatiladigan har bir mahsulot inson salomatligini yaxshilashga qaratilaganligi bilan e’tiborga molik. Milliy taomlaringiz nafaqat o‘zbek xalqining oshxonasi, balki O‘zbekistonning yuksak madaniyati, urf-odati va qadimiy tarixini ham o‘zida aks ettiradi”. Uning so‘zlariga ko‘ra, kitob muallifi Yaponiyada juda ko‘pchilikning qiziqishidan kelib chiqqan holda o‘zbek milliy taomlari to‘g‘risida kitob tayyorlash hamda yapon xalqini O‘zbekiston bilan yanada yaqindan tanishtirishni o‘z oldiga maqsad qilgan. Mazkur kitobning taqdimoti, shuningdek suratkash Xiroko Xirotaning O‘zbekistonga bag‘ishlangan fotogalereyasi kelgusi yilning aprel oyida keng jamoatchilikni jalb qilgan holda o‘tkaziladi.

Kiritildi: 06:45 25.09.2019. O'qildi: 2805 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!