Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Yaponiyalik tennischi Naomi Osaka eng ko‘p maosh oladigan ayol sportchiga aylandi

Yaponiyalik tennischi Naomi Osaka eng ko‘p maosh oladigan ayol sportchiga aylandi

Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, tennischi Naomi Osaka so‘nggi bir yil ichida 37,4 million dollar ishlab topib, eng ko‘p maosh oladigan ayol sportchiga aylandi.

22 yoshli tennischi o‘zining g‘aroyib yutuqlari va mukofot pullari bilan so‘nggi 12 oy ichida Serena Uilyamsdan 1,4 million dollar ko‘proq pul ishlagan.

Uilyams so‘nggi to‘rt yil ichida eng ko‘p maosh oluvchi ayol sportchi bo‘lib qolayotgandi, u yiliga 18 milliondan 29 million dollargacha pul ishlagan.

Shuningdek, Osaka Mariya Sharapovaning rekordini ham yangiladi. Sharapova 2015 yilda 29,7 million dollar pul ishlab topib, bir yil davomida eng ko‘p haq olgan ayol sportchi deya e’tirof etilgan.

Kiritildi: 07:15 25.05.2020. O'qildi: 2486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!