Yaponiya polisiyasi Tokioning Shinagava tumanida yashovchi 45 yoshli O‘zbekiston fuqarosini maktab yoshidagi qizga nisbatan jinsiy xarakterdagi nomaqbul harakat sodir etganlikda gumonlanib hibsga oldi.
Jiji Press xabariga ko‘ra, voqea 5 iyul kuni Tokioning Setagaya tumanida sodir bo‘lgan. Ovqat yetkazib berish uchun xonadonga borgan erkak uyda yolg‘iz bo‘lgan 10 yoshdan katta qizga nisbatan nomaqbul harakat qilgan.
Qiz voqeadan so‘ng polisiyaga qo‘ng‘iroq qilib, holat haqida xabar bergan. Polisiya ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchi aybini tan olgan.