Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

"Bizning niyatimiz — kimningdir vassali bo‘lish emas"

"Bizning niyatimiz — kimningdir vassali bo‘lish emas"

Makron Yevropani AQSh yoki Xitoyning vassaliga aylanishdan ogohlantirdi

"Biz mutlaq tartibsizlik hukm surayotgan dunyoda yashayapmiz. Nazarimda, bugungi kunda Xitoy yoki AQShning vassaliga aylanishga bo‘lgan moyillik mavjud. Menimcha, bu ikki buyuk davlatning maqsadi ham, hech bo‘lmaganda, shundan iborat. Bizning niyatimiz — kimningdir vassali bo‘lish emas, balki ko‘p qutbli dunyo tartibini himoya qilish, strategik avtonomiyamizni saqlab qolish va mustahkamlash hamda yanada mustaqilroq bo‘lishdir", — dedi Fransiya Prezidenti.

U avval ham shunga o‘xshash fikrlarni aytgan edi: aprel oyida Seulda rivojlanayotgan kichik mamlakatlarni birlashishga chaqirgan, sentyabrda esa sun’iy intellekt bo‘yicha koalisiya tuzishni taklif qilgan edi.

Kiritildi: 22:45 17.11.2026. O'qildi: 981 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik