Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Yaponiyada muddatidan oldin parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi

 Yaponiyada muddatidan oldin parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi

Hukmron koalisiya 2009 yildan beri birinchi marta parlamentda ko‘pchilik mavqeini yo‘qotdi.

Ovozlarni sanash hali yakuniga yetmagan, biroq NHK telekanalining taxminiga ko‘ra, hukmron Liberal demokratik partiya va ularning koalisiyadagi hamkori “Komeyto” partiyasi jami 185-232 o‘rin olishi kutilmoqda. Parlamentda ko‘pchilik mavqeini olish uchun 233 o‘ringa ega bo‘lish talab etiladi.

Saylov natijalariga ko‘ra, asosiy muxolif kuch hisoblanuvchi Konstitusiyaviy-demokratik partiya 191 o‘ringa ega bo‘lib, o‘z mavqeini sezilarli darajada yaxshilashi mumkin.

"Liberal demokrat partiya natijalarining yomonlashishi ularning muxolifatga o‘tishini anglatmaydi. Partiya koalisiyaga “Komeyto”dan tashqari boshqa hamkorlarni ham jalb etishi mumkin", deb yozmoqda BBC.

Kiritildi: 23:46 27.10.2024. O'qildi: 246 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!