Yaponiyaning markaziy qismida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi va yana bir kishi bedarak yo‘qoldi.
Bo‘rondan eng ko‘p zarar ko‘rgan Chiba prefekturasi rasmiylari qurbonlar sonini e’lon qilishdi.
Yaponiya Ma’muriy ishlar va kommunikasiyalar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, juma kuni ertalab Chiba va qo‘shni Ibaraki prefekturasining kamida 120 000 aholisi uchun evakuasiya buyruqlari kuchda qoldi.
Kuchli yomg‘ir Narita xalqaro aeroportini Tokio bilan bog‘laydigan poyezdlar qatnovini ham o‘z ichiga olgan holda, poyezd qatnovini to‘xtatdi. Taxminan 7000 kishi ayeroportda qolib ketdi va Yaponiya poytaxtiga yetib bora olmadi.
Yaponiyaning markaziy qismidagi ba’zi hududlarda 24 soat ichida 360 mm dan ortiq yog‘ingarchilik yog‘di. Kuchli yomg‘ir elektr uzatish liniyalariga ham zarar yetkazdi.
Chiba prefekturasida kamida 25 000 xonadon elektrsiz qolmoqda. Rasmiylar ofat oqibatlarini bartaraf etishda davom etmoqda va aholini evakuasiya buyruqlariga rioya qilishga chaqirmoqda.