Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Yaponiyada ixcham kondisioner ixtiro qilindi

Yaponiyada ixcham kondisioner ixtiro qilindi

Yaponiyaning Thanko kompaniyasi USB orqali quvvatlanadigan va murakkab o‘rnatishni talab qilmaydigan ixcham kondisionerni taqdim etdi.

Tashqi tomondan, qurilma shishaga o‘xshaydi va uni istalgan joyga qo‘yish mumkin.

Qurilmaning ichida sovutgichli maxsus "kanistr" mavjud. Faqat kartrijni muzlatgichga 20 daqiqaga qo‘yib olib, so‘ng kondisionerga joylash kifoya.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, kondisioner ichidagi sovutgich 6 soat davomida past haroratni saqlab turadi.

Kondisioner 3 ta quvvat rejimini qo‘llab-quvvatlaydi, faqat kabel orqali quvvatlanadi (batareyasiz) va og‘irligi 2,5 kilogrammni tashkil qiladi.

19 apreldan sotuvga chiqqan qurilma o‘zingizga yoki haroratni pasaytirish kerak bo‘lgan joyga yo‘naltirilishi mumkin.

Kiritildi: 09:13 03.05.2025. O'qildi: 820 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!