Yaponiyalik tadqiqotchilar kelajak tarmoqlari infratuzilmasini tubdan o‘zgartira oladigan texnologiyani namoyish etishdi.
1808 km masofaga 19 kanalli optik tolali kabel orqali soniyasiga 1 million Gb/sekund tezlikda ma’lumot uzatilib, internet tezligi bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tarmoq bilan bir soniyada 4K sifatidagi 10 000 ta filmni yuklab olish mumkin.
Shuningdek, bunday tezlik bir soniyada o‘n minglab zamonaviy o‘yinlar kutubxonasini yuklab olishga yetadi.