"Yakshanba kuni parlamentdagi 248 o‘rindan yarmi uchun saylov bo‘lib o‘tdi.
Saylovda Liberal-demokratik partiya va “Komeyto” partiyasidan iborat hukmron koalisiya parlament saylovlarida nazoratni saqlab qolishi uchun 124 o‘rindan kamida 50 tasini qo‘lga kiritishi kerak edi. Biroq ular atigi 47 ta mandat olishga muvaffaq bo‘ldi", deya xabar bermoqda telekanal.
Bu Yaponiya Liberal-demokratik partiyasining 70 yillik faoliyati davomida ilk bor parlamentda ko‘pchilik o‘rinni yo‘qotishi hisoblanadi. Parlamentda ko‘pchilikni saqlab qolish bosh vazir Sigeru Isiba uchun ushbu saylovlarning asosiy maqsadi edi. Hatto ovozlar sanalmasidan oldin ham hukmron partiya a’zolari uni iste’foga chiqishga chaqira boshlashgan edi.