Bugun 31 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Yaponiyada chet ellik ishchilar soni rekord darajada ko‘paydi

Yaponiyada chet ellik ishchilar soni rekord darajada ko‘paydi

Yaponiyada 2024 yilda rekord darajada ko‘p sonli chet ellik ishchilar ro‘yxatga olindi. Sog‘liqni saqlash, qurilish va ijtimoiy xizmatlarda, ayniqsa, kadrlar yetishmasligi yaqqol sezilmoqda.

Mamlakat hukumati taqdim etgan statistikaga ko‘ra, o‘tgan yili Yaponiyada xorijdan kelib ishlovchilar soni 2,3 mln nafardan oshgan. 12 yildirki, ushbu ko‘rsatkich tinmay oshmoqda.

Chet eldan kelib ishlovchilarning har to‘rtinchisi yoki 570 708 kishi — vetnamlik. Ikkinchi o‘rinda xitoyliklar — 408 805 kishi, uchinchi o‘rinda filippinliklar — 245 565 kishi. Myanma, Indoneziya va Shri-Lankadan keluvchi ishchilar soni ham yildan-yilga oshib boryapti.

Yaponiya hukumati chet ellik ishchilarning ko‘payganini mamlakatda ishchi kuchi yetishmasligi bilan izohladi.

Kiritildi: 12:34 03.02.2025. O'qildi: 1040 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!