Yaponiyada 20 yoshli yigit uch nafar o‘smirga pichoq bilan jarohat yetkazdi, ulardan biri vafot etdi.
Bu haqda "Kyodo" agentligi mahalliy polisiyaga tayanib xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea Osaka markazidagi sayyohlik maskani hisoblangan Dotonbori tumanida sodir bo‘lgan. Hujum qilgan shaxs va jabrlanuvchilar o‘zaro tanish bo‘lishgan. Hodisadan biroz avval ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan va bu qo‘l jangiga aylanib ketgan.
Hodisa oqibatida har uch nafar o‘smir pichoqdan jarohat olgan, ulardan birining hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.
"Nara prefekturasi polisiyasi voqea joyidan qochib ketgan 20 yoshlar atrofidagi shaxsni hibsga oldi", — deb qayd etadi nashr.
Mazkur fakt yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.