Yaponiya hukumati ma’lum qilishicha, mamlakat Xitoyga bo‘lgan qaramlikni qisqartirishga qaratilgan sinov missiyasi doirasida 6 ming metr chuqurlikdan nodir yer minerallariga boy cho‘kmalarni olib chiqdi.
Rasmiylarning aytishicha, dunyoda ilk bor amalga oshirilgan ushbu operasiya natijalari mineral tarkibini aniqlash maqsadida tahlil qilinadi. Loyiha iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlash va dengiz sohasini rivojlantirish yo‘lida muhim qadam sifatida baholanmoqda.