Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Yaponiya va Hindiston vakillari kibermakondagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Yaponiya va Hindiston vakillari kibermakondagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Yaponiya va Hindiston vakillari Tokioda bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida ikki davlatning kibermakon va unga aloqador texnologiyalar sohasidagi o‘zaro hamkorligi masalasini muhokama qildilar.

Bu haqda Yaponiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytiladi.

Ta’kidlanishicha, tomonlar ushbu sohani qonunchilik bilan tartibga solish masalasini ko‘tarib, kiberxavfsizlikni ta’minlash mavzusi bo‘yicha fikr almashgan, shuningdek, ilg‘or ishlanmalar, jumladan, 5G texnologiyasi va Open RAN tizimini muhokama qilgan. Bundan tashqari, yig‘ilish ishtirokchilari ikki davlatning to‘rt tomonlama xavfsizlik muloqoti (QUAD, Avstraliya, Hindiston, AQSh va Yaponiyani birlashtirgan) doirasidagi o‘zaro hamkorligini ko‘rib chiqdilar.

2022 yil sentyabr oyida Yaponiya va Hindiston tashqi ishlar va mudofaa vazirliklari rahbarlari Tokiodagi “ikki plyus ikki” formatidagi uchrashuvda kibertahdidlar va 5G tarmog‘ini joriy etish masalalarini ham muhokama qilishgan.

Kiritildi: 08:24 15.09.2023. O'qildi: 1070 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!