Bu raketalar Xitoygacha yetib borish imkoniga ega, deb yozmoqda Kyodo.
"Mitsubishi Heavy Industries mudofaa giganti tomonidan ishlab chiqilgan va modernizasiya qilingan Type-12 “er-kema” sinfidagi kompleksining uchish masofasi dastlabki 200 kilometrdan 1000 kilometrgacha oshirildi. Bu Yaponiya zarba berish vositalarini prinsipial jihatdan yangi operativ darajaga olib chiqadi", deya xabar bermoqda nashr Yaponiya Mudofaa vazirligidagi manbalariga tayanib.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mart oyi oxiriga qadar raketa batareyalari Yaponiya janubi-g‘arbidagi Kumamoto prefekturasida joylashtiriladi. Kelasi yili esa raketalar Tokiodan g‘arbdagi Sidzuokada paydo bo‘ladi.
Rasman Yaponiya o‘z mudofaa qobiliyatini mustahkamlash dasturini amalga oshirmoqda, biroq Pekinda bu harakatlar boshqacha baholanmoqda.
"Agar Yaponiya Xitoy suvereniteti va xavfsizligiga tajovuz qilishga jur’at etsa, u muqarrar ravishda keskin zarbaga duch keladi va qaqshatqich mag‘lubiyatga uchraydi", — deya ogohlantirdi Xitoy Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Szyan Bin.