Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Yaponiya shimolida qor tufayli 370 ta maktab yopildi

Yaponiya shimolida qor tufayli 370 ta maktab yopildi

Yaponiyaning Xokkaydo orolida rekord darajadagi qor yog‘di. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, orolning sharqiy hududlarida 12 soat ichida 1,29 metr gacha qor yog‘ib, bu jamoat transportining to‘xtashi, yo‘llarning yopilishi va aviareyslarning bekor qilinishiga olib keldi. Aholiga zaruratsiz uydan chiqmaslik tavsiya etildi.

Eng og‘ir vaziyat esa Obixiro shahrida kuzatilmoqda — u butunlay qorga ko‘mildi. 370 ta maktab yopildi, barcha jamoat transporti harakati to‘xtatildi. Mahalliy aholini sayohatlardan voz kechishga, zarur holatda esa oziq-ovqat va issiq kiyim bilan chiqishga chaqirishmoqda.

Sinoptiklar kuchli bo‘ronlar, baland to‘lqinlar va qor ko‘chkisi xavfi haqida ogohlantirmoqda. Yo‘llardagi vaziyat ham og‘irlashgan — avtomobillar qordan to‘liq ko‘milmoqda, shaharlarni tozalash uchun og‘ir texnika jalb qilingan.

Harorat -20 darajagacha tushganiga qaramay, hozircha elektr ta’minoti uzilishi yoki katta talafotlar haqida xabar berilmagan. Bunday qor yog‘ishi bu hudud uchun odatiy hol, chunki Yaponiyaning shimoliy va g‘arbiy hududlari dunyodagi eng qorli joylar qatoriga kiradi.

Kiritildi: 07:49 07.02.2025. O'qildi: 1252 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!