Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yaponiya Rossiya gazidan voz kechishi mumkin

Yaponiya Rossiya gazidan voz kechishi mumkin

AQShning avtomobil importiga qo‘shimcha tariflar kiritishi Yaponiyani Rossiya gazidan voz kechishga majbur qilishi mumkin. Bu haqda Nikkei axborot agentligi xabar bermoqda.

Yaponiya bosh vazir kotibiyati rahbari Yosimasu Xayasi allaqachon hukumat mamlakat avtomobilsozlik sanoatini AQShning yangi tarif rejimidan chiqarish bo‘yicha muzokaralar olib borishini ma’lum qilgan.

Shu bilan birga, agentlik so‘rovnoma o‘tkazgan iqtisodchilar hukumat qo‘llashi mumkin bo‘lgan bir nechta variantlar mavjudligini, ular orasida AQShdan don, go‘sht va tabiiy gaz xarid qilishni ko‘paytirish ham borligini aytishgan. Bu xususan Rossiya gazining Amerika gazi bilan almashtirilishiga olib kelishi mumkin.

2023 yilda Yaponiya importida Rossiya gazi 8,9 foizni, Amerika gazi esa 7,2 foizni tashkil etgan.

Kiritildi: 20:39 27.03.2025. O'qildi: 739 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!