Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Yaponiya qutqaruv ishlari uchun uch metrli gumanoid yaratmoqchi

Yaponiya qutqaruv ishlari uchun uch metrli gumanoid yaratmoqchi

Yaponiyaning eng yirik universitetlaridan biri bir necha mahalliy kompaniyalar bilan birgalikda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish va qutqaruv operasiyalarida qo‘llaniladigan zamonaviy gumanoid robotlarni ishlab chiqish uchun kuchlarni birlashtiradi.

Bu haqda Kyodo agentligi xabar berdi.

Vaseda universiteti mahalliy Murata, Tmsuk va Sre Holdings kompaniyalari bilan birgalikda balandligi uch metr va og‘irligi 300 kilogramm bo‘lgan gumanoid robotlarni birgalikda ishlab chiqish va keyinchalik ishlab chiqarish niyatida. Bunday robotlar 5 km tezlikda harakatlana oladi va 100 kg dan ortiq og‘irliklarni ko‘tara oladi.

Ulkan gumanoid robotlarning asosiy vazifasi Yaponiya muntazam duch keladigan zilzilalar va boshqa tabiiy ofatlardan keyin vayronalarni tozalashdan iborat bo‘ladi.

Sinov modeli 2026 yil oxirigacha tayyor bo‘lishi kutilmoqda, 2029 yilda esa ommaviy ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ushbu ishlanma bilan yapon mutaxassislari robototexnika sohasidagi yetakchilikni afsonaviy insonsimon robot Asimo yaratgan o‘z mamlakatlariga qaytarishga umid qilayotgani ta’kidlangan.

Kiritildi: 12:00 20.07.2025. O'qildi: 644 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!