Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Yaponiya qurol eksportiga qo‘yilgan taqiqni olib tashladi

A A A
Yaponiya qurol eksportiga qo‘yilgan taqiqni olib tashladi

Yaponiya hukumati byudjetdagi harbiy xarajatlarni sezilarli darajada oshirdi va halokatli qurollar eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Fumio Kisida ma’lum qildi, deb yozdi Fox News.

Yaponiya hukumati mudofaa xarajatlarini 16 foizga oshirish va Ikkinchi jahon urushidan beri amalda bo‘lgan qurol eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi.

«Biz qonun ustuvorligiga asoslangan erkin va ochiq xalqaro tartibni himoya qilishga hamda Hind-Tinch okeani mintaqasida tinchlik va barqarorlikka erishishga hissa qo‘shishga umid qilamiz», dedi Kisida va Yaponiya tinchlikparvarlik tamoyillariga sodiqligini qo‘shimcha qildi.

Byudjet loyihasi tasdiqlangach, Yaponiya darhol Qo‘shma Shtatlarga «Patriot» raketa tizimlarini jo‘natdi. Qayd etilishicha, raketalar avval Yaponiyada AQSh lisenziyasi asosida ishlab chiqarilgan.

Kiritildi: 09:14 24.12.2023. O'qildi: 1183 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!