Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Yaponiya koinotdan energiya olish sinovini boshladi

Yaponiya koinotdan energiya olish sinovini boshladi

Yaponiya o‘zining kosmik quyosh elektr stansiyasini sinovdan o‘tkazmoqda. Sinov muvaffaqiyatli bo‘lsa, Yer sayyorasi energiyani koinotdan ola boshlaydi. Bu haqda Pubity nashriga tayanib "Daryo" xabar berdi.

“OHISAMA” deb nomlangan loyiha yaponcha “quyosh” ma’nosini beradi. Garchi hali shaharlarni energiya bilan ta’minlashning iloji bo‘lmasa-da, Yer kecha-yu kunduz toza energiya manbasi bilan ta’minlanadi.

Yaponiya kosmik tizimlari maslahatchisi Koichi Ijichi 2024 yil aprel oyida Londonda bo‘lib o‘tgan kosmik energiya bo‘yicha xalqaro konferensiyada loyiha tafsilotlarini taqdim etgan.

Sinov kosmik kemasi ixcham, ya’ni atigi 400 funt bo‘lishi aytilmoqda. 22 kvadrat futlik quyosh panelidan foydalanib, uskuna energiyani bort batareyasida saqlaydi. Kosmik kema juda tez — 17 400 m/s ga yaqin tezlikda harakatlangani sababli yerdagi antennalarni 25 mil masofaga yoyib chiqishga to‘g‘ri keladi. Antennalar mikroto‘lqinlar orqali uzatiladigan energiyani qabul qilish uchun bir-biridan uch mil masofada joylashtiriladi.

Loyiha hali sinov bosqichida. Sun’iy yo‘ldosh 250 mil balandlikdan atigi 1 kilovatt quvvat uzatishi taxmin qilinmoqda. Bu idish yuvish mashinasi kabi kichik maishiy texnikani bir soat davomida ishlatish uchun yetarli bo‘ladi.

2015 yilda Yaponiya 55 metr masofaga 1,8 kilovatt quvvatni simsiz uzatishga erishgan. Keyinroq o‘tkazilgan sinovlarda 500 metr masofaga 10 kilovatt quvvat uzatishga muvaffaq bo‘lingan.

Mamlakat bir kun kelib geostasionar orbitaga har biri 1 gigavattgacha toza energiya ishlab chiqara oladigan ulkan quyosh energiyasi yo‘ldoshlarini chiqarishga umid qilmoqda. Bir gigavatt bir million kilovattga teng. Bu esa, albatta, katta qadam degani. Natijada yuz minglab uylarni elektr energiyasi bilan ta’minlanadi. Tabiiy ofat zonalari va chekka hududlar energiya taqchilligi muammosidan xalos bo‘ladi.

Ushbu kosmik quyosh panellarining foydali jihati shundaki, ular yerdagi quyosh panellaridan farqli o‘laroq, har qanday ob-havo sharoitida kecha-yu kunduz energiya yig‘a oladi.

Kiritildi: Bugun 17:07. O'qildi: 255 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!