Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Yaponiya hukumati tajovuzkor ayiq­larga qarshi kurashish uchun armiyani safarbar qildi — Associated Press

Yaponiya hukumati tajovuzkor ayiq­larga qarshi kurashish uchun armiyani safarbar qildi — Associated Press

Agentlikning xabar berishicha, Yaponiyaning shimoliy hududlarida aprel oyidan beri ayiqlar o‘nlab odamlarga hujum qilgan, hujumga uchraganlarning 12 nafari halok bo‘lgan.

Hukumat ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning boshidan beri aholi punktlari yaqinida 8 mingdan ortiq holatda ayiqlar qayd etilgan, bu o‘tgan yilga nisbatan olti baravar ko‘p. Vaziyat eng og‘ir bo‘lgan Akita prefekturasida aholining ko‘pchiligi quyosh botgandan keyin uydan chiqishga qo‘rqmoqda va o‘rmon yo‘llaridan chetlab o‘tishga harakat qilmoqda.

Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaiti rahbarligidagi hukumat fuqarolik xizmatlariga yordam berish uchun armiyani jalb qilishga qaror qildi.

Qayd etilishicha, harbiy xizmatchilar qurollar bilan emas, balki maxsus himoya vositalari — qalqonlar, to‘rlar va maxsus spreylarga ega. Harbiylarning vazifasi tuzoqlar o‘rnatish, tutilgan hayvonlarni tashish va ovchilarga yordam berishdan iborat, ammo ularning o‘zlari ov qilmaydi.

Mutaxassislar hujumlarning kuchayishini iqlim o‘zgarishi va qishloq joylarning bo‘shab borishi bilan bog‘lamoqda. Oziq-ovqat tanqisligi sababli ayiqlar odamlar yashaydigan joylarga tobora ko‘proq tushib kelmoqda, mamlakatda esa ovchilar soni asta-sekin kamayib bormoqda.

Kiritildi: 16:22 06.11.2025. O'qildi: 951 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!