Yaponiya hukumati Yaqin Sharqdagi vaziyat mamlakatning energiya ta’minotiga bevosita ta’sir ko‘rsatayotgani haqida hech qanday ma’lumotga ega emas.
Yaponiya Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Minoru Kixara bu haqda ma’lum qildi.
"Hozircha biz bu Yaponiyaning neftga bo‘lgan talabiga bevosita ta’sir qilishi haqida hech qanday xabar olmadik. Biz hali milliy neft zaxiralaridan foydalanish bo‘yicha qaror qabul qilmadik", dedi u.
Shu bilan birga, Kixara global neft narxlarining keskin o‘sishi Yaponiya iqtisodiyotiga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqida izoh berishdan bosh tortdi.