Bugun 24 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Yaponiya guruch zaxiralarini sotishga majbur bo‘lmoqda

Yaponiya guruch zaxiralarini sotishga majbur bo‘lmoqda

Yaponiya hukumati rekord darajadagi narx o‘sishini to‘xtatishga urinib, davlat zaxiralaridan guruch sotishda davom etmoqda, dedi mamlakat qishloq xo‘jaligi vaziri Taku Eto.

Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

"O‘sgan narxlarni iste’molchilarga barqaror yetkazib berish orqali tinchlantirish maqsadida yozgi o‘tish davriga qadar har oyda uzluksiz ravishda davlat zaxiralaridan guruch savdosi amalga oshiriladi," - deya vazirning so‘zlarini keltiradi agentlik.

Aniqlik kiritilishicha, 21 aprel kuni 100 ming tonna guruch sotiladigan tender bo‘lib o‘tadi. Mart oyida umumiy hajmi 100 ming tonna bo‘lgan avvalgi ikkita tender kutilgan natijani bermadi.

Bu chora misli ko‘rilmagan bo‘ldi, chunki ilgari davlat zaxiralaridan guruch faqat tabiiy ofatlar yoki urush paytida sotilgan, ammo hech qachon - narxlar oshishi tufayli sotilmagan.

Kiritildi: 16:16 09.04.2025. O'qildi: 1239 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!