Krasnodardagi komendatura hududida saqlanayotgan harbiy xizmatchilar og‘ir sharoitlarda yashashga majbur: ular ko‘chada turishga mahkum, ular orasida nogironlar ham bor.
Bu haqda Astraga harbiylardan birining rafiqasi, shuningdek, yana ikki askarning manfaatlarini himoya qilayotgan advokat xabar bergan. Ayolning ta’kidlashicha, kuni kecha lagerda korrupsiya sababli g‘alayon ko‘tarilgan: rahbariyat bir necha ushlab turilganlarni pul evaziga qo‘yib yuborgan, ular esa belgilangan vaqtda qaytmaganligi bois, qolganlar orasida norozilik uyg‘ongan.
"Kecha voqea sodir bo‘ldi, chunki ularning ba’zilarini pul evaziga qo‘yib yuborishdi. Ular o‘z vaqtida qaytishmadi. Shunda yigitlar isyon ko‘tarishdi. Qanday asosda puli borlarni qo‘yib yuborishyapti? Bizda, masalan, pul yo‘q. Ammo bizning bu yerda bo‘lishga haqqimiz yo‘q. Aniqrog‘i, biz, erim, uyda bo‘lishi kerak. Shuning uchun ular rahbariyatga hujum qila boshlashdi, Nega unda bizni qo‘yib yubormayapsizlar? deb," - dedi Olga (ismi o‘zgartirilgan). Uning aytishicha, chodirli lagerda hatto sog‘lig‘i tufayli harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilganlar ham saqlanmoqda: "Ba’zilari umuman D toifasiga ega, kimningdir ko‘zi, kimningdir oyoq-qo‘llari yo‘q."