Bugun 29 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yaponiya bosh vaziri: Rossiya va KXDR dunyoda yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha vaziyatning yomonlashuvida aybdor

A A A
Yaponiya bosh vaziri: Rossiya va KXDR dunyoda yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha vaziyatning yomonlashuvida aybdor

Dunyoda yadroviy qurolsizlanish holatining yomonlashuvida Rossiya va KXDR aybdor. Bu haqda Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida parlament quyi palatasi yalpi majlisidagi chiqishida ma’lum qildi, deb xabar beradi Kazinform agentligi TASSga tayanib.

“Yadroviy qurolsizlanish atrofidagi vaziyat Rossiya tomonidan yuzaga kelgan yadro tahdidi hamda Shimoliy Koreyaning yadro va raketa texnologiyalari rivojlanishi tufayli tobora murakkablashib bormoqda”, – dedi u.

Kisida Yaponiya o‘z sa’y-harakatlarini yadroviy qurolsiz dunyo yaratishga sarflaydi, deb ishontirdi.

Hukumat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, 2022 yilda taklif etilgan “Xirosima harakat rejasi” konsepsiyasi asos qilib olinishi mumkin. Unda yadro qurolidan foydalanmaslik muhimligi qayd etilgan. Loyihada, shuningdek, yadro quroliga ega davlatlar yadroviy materiallar ishlab chiqarish holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilishlari shart.

Ikkinchi jahon urushi oxirida AQSh Yaponiyaning taslim bo‘lishini tezlashtirish maqsadida Xirosima va Nagasakiga atom bombalarini tashladi. Bu insoniyat tarixida yadro qurolidan jangovar maqsadlarda foydalanishning yagona namunasi bo‘ldi. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, Xirosimadagi bomba portlashi paytida 70-100 ming, Nagasakida esa 70 mingga yaqin odam halok bo‘lgan. Jabrlanganlarning umumiy soni, jumladan, keyinchalik nurlanish kasalligi, saraton va boshqa kasalliklardan vafot etganlar hozir 500 mingdan oshadi.

Moskva G‘arb davlatlarining “Rossiyadan yadroviy tahdid borligi” haqidagi da’volarini bir necha bor rad etgan. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bunday bayonotlarni ikkiyuzlamachilik deb atadi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arb davlatlaridan farqli ravishda hech qachon yadroviy bomba bilan tahdid qilmaganini ta’kidladi.

Kiritildi: 10:41 31.01.2024. O'qildi: 1067 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!