Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar prezidenti Yaponiyaga ko‘proq avtomobillar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotmoqchi.
"Agar Yaponiya barcha yon berishlarga rozi bo‘lsa, biz milliy manfaatlarimizni himoya qila olmaymiz. Biz yapon qishloq xo‘jaligibtarmog‘ini himoya qilish ustida ishlayapmiz. Uni himoya qilishda davom etishimiz kerak va albatta, iste’molchilar xavfsizligini ham himoya qilishimiz lozim", — deya tushuntirdi mamlakat bosh vaziri Sigeru Isiba.
O‘tgan hafta tomonlar Vashingtonda muzokaralar o‘tkazgan edi. Bloomberg'ning yozishicha, muhokamalarning ikkinchi bosqichi aprel oxirigacha bo‘lib o‘tishi kerak.