Yaponiyaning shimoli-sharqidagi Tovada ko‘li yaqinida ayiq xorijiy sayyohga hujum qildi.
Bu haqda Yaponiya ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
"22 avgust kuni soat 10:10 atrofida Tovada ko‘liga qaragan kuzatuv maydonchasi yonida yurgan xorijiy sayyohga ayiq hujum qilib, uning o‘ng qo‘lini tishlab oldi. U vertolyotda kasalxonaga yetkazildi", deb ta’kidladi tez tibbiy yordam xizmati.