Bugun 16 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Yaponiya AQSh yadroviy qurollarini o‘z hududiga joylashtirish imkonini ko‘rib chiqmoqda

Yaponiya AQSh yadroviy qurollarini o‘z hududiga joylashtirish imkonini ko‘rib chiqmoqda

Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaiti mamlakatda AQSh yadroviy qurollarini joylashtirish ehtimolini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Mainichi nashri yozdi.

Takaitining aytishicha, hukmron Liberal-demokratik partiyada Yaponiyaning 1960-yillar oxiridan beri amal qilib kelayotgan “uch yadroviy tamoyil”dan voz kechish masalasi muhokama qilinishi mumkin. Mazkur tamoyil Yaponiya yadro siyosati asosini tashkil qiladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi: yadro quroliga ega bo‘lmaslik, uni ishlab chiqarmaslik va Yaponiya hududiga yadro qurolini kiritmaslik.

Bosh vazir fikricha, «yadro qurollarini mamlakatga kiritmaslik» siyosati AQShning Yaponiya xavfsizligini ta’minlash borasidagi yadroviy tiyib turish salohiyatini zaiflashtirishi mumkin. Masalan, AQSh Yaponiya qo‘shinlari joylashgan bazalarida yoki yapon portlariga kiruvchi harbiy kemalarida yadro qurolini o‘rnata olmaydi.

Takaitiga ko‘ra, agar Yaponiya xavfsizligi Vashingtonga keskin darajada bog‘liq bo‘lib qolgan bo‘lsa, bu kabi cheklovlar qayta ko‘rib chiqilishi lozim.

Kiritildi: Bugun 10:29. O'qildi: 287 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!