Davlat statistika qo‘mitasi iste’mol sektoridagi inflyasiya darajasi haqida hisobot e’lon qilgan.
Unga ko‘ra, yanvar-noyabr oylari davomida non mahsulotlari narxi o‘rtacha 22,8 foizga oshgan (suratda).
Shundan birinchi navli bug‘doy unidan noni 40,3, bug‘doy uni 27,7, oliy navli bug‘doy unidan non 26,9 foizga oshgan.
Buxanka narxi esa shu paytgacha bir necha marta qimmatlashga ulgurgan. Ayrim joylarda 2500 so‘mgacha yetgan. Toshkentdagi bozorlarda 1600 so‘m (avval 1400 so‘m edi), do‘konlarda 1700 so‘m (avval 1500 so‘m edi) bo‘lgan, Toshkent viloyatida 1800-1900 so‘mgacha chiqqan.
Shuning uchun joylarda 15 oktyabrdan ijtimoiy nafaqa oluvchiga oyiga 50 ming so‘mdan kompensasiya to‘lanmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ham joylarda non ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishni topshirgan.
Bosh prokuratura esa buxanka narxi sun’iy ravishda oshirilganini aniqlagan va aybdorlarni jazolagan.