2025 yilning yanvar-may oylarida shaxsiy xizmatlar hajmi 7,6 trln so‘mga teng bo‘ldi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,1 foizga o‘sgan.
Jami ko‘rsatilgan shaxsiy xizmatlar hajmida sartaroshxona va go‘zallik salonlari xizmatlarining ulushi 63,9 foizni tashkil etib, hajmi 4,9 trln so‘mga etgan.