Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Yangiyo‘lda yuk mashinasi avtobus bilan to‘qnashdi

Yangiyo‘lda yuk mashinasi avtobus bilan to‘qnashdi

Oqibatda 1 kishi halok bo‘lgan. Yana bir yo‘lovchi jonlantirish bo‘limida...

Hodisa yuzasidan viloyat IIBB YHXB xabar bermoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTHga “Isuzu” yuk avtoulov haydovchisining uxlab qolishi sabab bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, 26 iyun kuni soat taxminan 07:00 larda haydovchi 1997 y.t. A.S. "Isuzu" rusumli yuk mashinasini M-39 Toshkent-Termiz yo‘li orqali Chinoz-Toshkent yo‘nalishida boshqarib ketayotib, shu yo‘lning 825-chaqirimi (Yangiyo‘l tumani hududi) yetganda o‘ziga nisbatan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan haydovchi 1963 y.t. A.CH. ning boshqaruvidagi "Isuzu" avtobusni orqa qismiga borib urilishi natijasida YTH sodir bo‘lgan.

Natijada “Isuzu” avtobusi yo‘lovchisi 1983 y.t. F.O. (ayol) olgan tan jarohati bilan voqea joyida vafot etgan, shuningdek, "Isuzu" rusumli yuk avtoulovi yo‘lovchisi 2000 y.t. B.S. tan jarohati bilan jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

"Shuningdek, avtobusdagi boshqa yo‘lovchilarga ham birinchi yordam ko‘rsatildi. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda",-deyiladi xabarda.

Kiritildi: 22:08 27.06.2022. O'qildi: 2282 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!