Yangiyo‘lda ota farzandiga 165 mln so‘m aliment to‘ladi. Shu tariqa erkak 18 yoshgacha bo‘lgan aliment majburiyatini oldindan to‘liq bajargan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tumanlararo sudining qaroriga muvofiq, qarzdor V.SH.dan undiruvchi S.V foydasiga farzandlari ta’minoti uchun aliment to‘lash belgilangan edi.
Ijro jarayonlari davomida qarzdor tomonidan farzandlari voyaga yetguniga qadar to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment mablag‘lari oldindan to‘liq qoplab berildi. Jami 165 million 766 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari undiruvchiga o‘tkazildi.
Mazkur holatda qarzdor o‘z zimmasidagi majburiyatni to‘liq bajardi va ijro hujjati belgilangan tartibda yakunlandi.
Farzand ta’minoti masalasiga mas’uliyat bilan yondashish har bir ota-onaning muhim burchi hisoblanadi.