Bugun 9 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Yangiyo‘lda 4 yoshli qizaloqni zo‘rlagan erkak haqida ma’lumot berildi

Yangiyo‘lda 4 yoshli qizaloqni zo‘rlagan erkak haqida ma’lumot berildi

Avvalroq Yangiyo‘l tumanida 3 yoshli qizaloq zo‘rlangani haqida xabar bergan edik. Bolalar ombudsmanining yozishicha, qizaloq, aslida, 4 yoshda bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 2 oktyabr kuni Yangiyo‘l shahrida yashovchi fuqaro shahar IIBga murojaat qilib, unda voyaga yetmagan 2020 yilda tug‘ilgan I.M. (qiz) ga nisbatan noma’lum shaxs g‘ayritabiiy usulda zo‘rlik ishlatganligi haqida ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan JKning 119-moddasi 4-qismi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan ayb e’lon qilinib, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro B.D. prosessual tartibda ushlangan.

Aniqlanishicha, ayblanuvchi shaxs B.D. 2021 yildan buyon ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda turadi.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida mazkur ish yuzasidan kuzatuvini davom ettiradi.
Bu borada qo‘shimcha axborot beriladi.

Kiritildi: 17:53 03.10.2024. O'qildi: 3912 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!