Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Yangiyo‘l tumanida “KamAZ” velosipedda ketayotgan bolani urib yubordi

Yangiyo‘l tumanida “KamAZ” velosipedda ketayotgan bolani urib yubordi

Hozirda holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, holat shu yilning 5-iyun kuni soat taxminan 11:30 larda, Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, “Baytish“ mfy hududidan o‘tgan D-022 “Nurafshon sh. — Oqqo‘rg‘on sh. — Yangiyo‘l sh.“ avtomobil yo‘lining 57-kilometrida sodir bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi 1995 yilda tug‘ilgan K.T “MAN TGS” rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotgan vaqtida haydovchiga nisbatan o‘ng tomondan chap tomonga harakatlanib o‘tayotgan velosipedchi 2016 yilda tug‘ilgan YU.Eni urib yuborib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida velosipedchi turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotkizilgan.

Kiritildi: 17:50 11.06.2025. O'qildi: 605 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!