Bugun 24 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

“Yangilangan va takomillashtirilgan” tinchlikka erishish bo‘yicha asosiy kelishuvni ishlab chiqildi

“Yangilangan va takomillashtirilgan” tinchlikka erishish bo‘yicha asosiy kelishuvni ishlab chiqildi

AQSh va Ukraina muzokaralari natijasida tomonlar “yangilangan va takomillashtirilgan” tinchlikka erishish bo‘yicha asosiy kelishuvni ishlab chiqdi — Oq uy.

Ma’lum qilinishicha, AQSh tomonidan muzokaralarda davlat kotibi Marko Rubio, prezidentning maxsus vakili Stiv Uitkoff, AQSh armiyasi vaziri Deniel Driskoll va prezident Donald Trampning kuyovi Jared Kushner ishtirok etgan.

"Vashington va Kiyev kelajakdagi har qanday bitim Ukraina suverenitetini qo‘llab-quvvatlashi va barqaror hamda adolatli tinchlikni ta’minlashi lozim, degan fikrda. Ukraina tomoni uchrashuvda xavfsizlik kafolatlari, uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanish, infratuzilmani himoya qilish, kemalar qatnovi erkinligi va siyosiy suverenitet kabi barcha asosiy masalalar batafsil ko‘rib chiqilganini tasdiqlagan. Ukraina vakillari har bir yo‘nalishda taklif va e’tirozlari inobatga olingani uchun minnatdorlik bildirdi", deyiladi Oq uy bayonotida.

Ta’kidlanishicha, ushbu jarayon doirasidagi yakuniy qarorlarni Ukraina va AQSh prezidentlari qabul qiladi.

Kiritildi: Bugun 10:46. O'qildi: 349 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!