Bugun 24 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Tinchlik kelishuvi: AQSh Tomahawk raketalarini berishni ko‘rib chiqmoqda

Tinchlik kelishuvi: AQSh Tomahawk raketalarini berishni ko‘rib chiqmoqda

AQSh tinchlik kelishuviga erishilgan taqdirda Ukrainaga xavfsizlik kafolati sifatida Tomahawk raketalarini berishni ko‘rib chiqmoqda, deb yozmoqda The Washington Post.

Amerikalik rasmiylarning nashrga ma’lum qilishicha Tramp ma’muriyati taklif etilgan rejada Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari hali ishonchli darajada emasligini tushunishini bildirgan.

"Tomahawk uzoq masofali raketalarini yetkazib berish Rossiya qarshilik bildirayotgan Ukrainada Yevropa qo‘shinlarini joylashtirishga muqobil variant sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Vashington Kiyev bu raketalarni Rossiyaga qarshi “oldindan” ishlatmasligiga ishonadi, chunki Ukraina bunday ishga qo‘l urgudek bo‘lsa, AQSh va Yevropaning qo‘llab-quvvatlashini yo‘qotadi", deya yozmoqda The Washington Post.

Kiritildi: 21:15 23.11.2025. O'qildi: 1105 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!