Ukraina va Yevropa davlatlari AQShga Rossiya bilan hududiy masalalarni faqat harbiy harakatlar hozirgi front chizig‘ida to‘xtaganidan keyingina muhokama qilishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
"Evropa mamlakatlari tomonidan tayyorlagan muqobil reja Rossiyaga qo‘shimcha hududlar berilishini rad etadi, Qo‘shma Shtatlardan NATO nizomining 5-moddasiga o‘xshash shakldagi xavfsizlik kafolatlarini talab qiladi, shuningdek, Ukrainani tiklashni moliyalashtirish uchun Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanishni ko‘zda tutadi", deya xabar bermoqda agentlik.
Bundan tashqari, Yevropa yetakchilari Ukraina armiyasining soniga cheklov qo‘yilishini ham qo‘llab-quvvatlamasliklarini bildirishdi.